Yangi yilda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratilishi, ilm-fanga eʼtibor qaratilishi koʼzda tutilmoqda. Аholi daromadlarini oshirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori koʼpaytirilishi, xotin-qizlar va nuroniylar, yordamga muhtoj insonlar qoʼllab-quvvatlanadi. Bir soʼz bilan aytganda, "Inson kadrini ulugʼlash"dek ustuvor gʼoya davlatimiz dasturining asosiy tamoyili ekanligi yurtdoshlarimizning kelajakka boʼlgan umid va ishonchlarini yanada mustahkamlaydi. Jumladan Past Dargʼomda ham 2025 yilda 50 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirilishi uchun barcha shart-sharoit, imkoniyatlar yaratilgani haqidagi xabardan behad quvondim.
Flora Xolmuratova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri.