Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Suhrob Saifnazarov hamda Zulfiya Mo'minovalar ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qildilar.

📝 Sessiyada Yangihayot tumanida xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni shakllantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda adliya organlarining norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglandi.

🔺 Muhokamalar davomida jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

✅ Sessiya yakunida 2026-yil yakuni va 2027-yilda amalga oshiriladigan ustuvor chora-tadbirlar rejasi, aholi murojaatlari hamda rahbarlarning hisobotlarini eshitish tartibi, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7