Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi A.Hakimov hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakili hamkorligida tumandagi 15-Oqsoy saylov okrugidagi Oqsoy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirkorlikka jalb qilish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash hamda yoshlar muammolarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil
14-sentabrdagi O‘RQ-406-son "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunda belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot tinglanib, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta'minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2