Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov Nurobod tumanidagi Nurbuloq mahallasida mahalla yettiligi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi, elektr ta'minoti, obodonlashtirish, bandlikni ta'minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mahalla yettiligi vakillari tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda fuqarolarning manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3