Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashida tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari tomonidan 2026-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tayyorlangan taqdimotlar (referatlar)ni ko‘rib chiqish boshlandi.

Dastlabki taqdimot sifatida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan tayyorlangan taqdimot muhokama qilindi.

Muhokamada Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova hamda N.Akbarova ishtirok etdilar.

Taqdimot davomida Kengashning normativ-huquqiy faoliyati, doimiy komissiyalar ishini tashkil etish, deputatlik nazorati, saylovchilar bilan ishlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, shuningdek, kotibiyat tomonidan amalga oshirilgan tashkiliy ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Muhokama jarayonida viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish, vakillik organi faoliyatini takomillashtirish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan bildirilgan tavsiya va takliflar asosida kelgusida ham vakillik organi faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik korpusining faoliyatini yanada kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni davom ettirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Slide 1 of 8