Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
IJOD VA MA’RIFAT UCHRASHUVLARI BOSHLANADI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-66-14-204-K/26-son qarori bilan tumanda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodkor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan adabiy kechalarni tashkil etish loyihasi tasdiqlandi.

Mazkur tadbir doirasida iyul–avgust oylarida yosh shoir va yozuvchilar ishtirokida she’riyat kechalari, kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlar hamda adabiy-madaniy muloqotlar tashkil etiladi. Tadbirlar shamlar yog‘dusi ostida samimiy va ijodiy muhitda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbus yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, milliy adabiyotimizni keng targ‘ib etish hamda iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Mas’ullar:

Chilonzor tumani Yoshlar ishlari bo‘limi — R. Hikmatillayev;

Chilonzor tumani Madaniyat bo‘limi — U. Zakirov;

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Chilonzor tuman bo‘linmasi — Z. Suyarova.

Slide 1 of 1