Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Deputatlik nazorati doirasida Sherobod tumanida tizimli o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputatlari M.Narbasheva hamda R.Xolmirzayeva xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamkorligida Oliy Majlis Senati Kengashining sayyor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Sherobod tumanida tizimli deputatlik nazorati o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida maktabgacha va maktab ta'limi, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi, elektr tarmoqlari korxonasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda tuman hokimligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.

Bandlik yo‘nalishida kasb-hunarga o‘qitilgan "Ijtimoiy reyestr"dagi fuqarolarning barchasi bandligi ta'minlangani, ularning bir qismi doimiy ishga joylashtirilgani, o‘zini o‘zi band qilgani hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlagani aniqlandi. Hisobotlarda aks ettirilgan yangi ish o‘rinlari ham qayta o‘rganilib, ularning haqiqiyligi tasdiqlandi.

Shuningdek, mahallalardagi sug‘orish va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olindi.

Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 7