Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
"Qishloqozon" mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

#Sessiya_kun_tartibidagi_masala_organish
#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

"Qishloqozon" mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashiga 14-Qishloqozon saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyqulova hududidagi "Qishloqozon" mahallasida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishildi. Jarayonda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla raisi bilan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3