Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Mahallada hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

#24_ta_masala
#Sessiya_kun_tartibidagi_masala_organish
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Mahallada hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Kengash huzuridagi Ekspertlar guruhi rahbari Y.Umbarov bilan birgalikda 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva hududidagi "Yangiobod" mahallasida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan ham mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi. Jarayonda xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5