Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Maktabgacha ta’lim muassasasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Maktabgacha ta’lim muassasasida mavjud sharoitlar va qonun ijrosi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ekspertlar guruhi rahbari Y.Umbarov birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 2-iyul kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida e’tirof etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining XII-bandi – “Ta’lim va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish” yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida "Zartepa" mahallasida joylashgan 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib bordi.

Shuningdek, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri S.Abdurasulovning maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga eng kam kirgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan ham joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, moddiy-texnik baza hamda pedagog xodimlar faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi o‘rganildi. O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 8