Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Ekspert guruhi ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

Ekspert guruhi ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari hamda Ekspert guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mahalliy Kengash faoliyati samaradorligini oshirish, sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni puxta tahlil qilish, doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Ekspert guruhining mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini amaldagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish, huquqiy xulosa va tavsiyalar tayyorlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlar tomonidan o‘tkazilayotgan uchrashuv va sayyor qabullar samaradorligini oshirish, davlat va hududiy dasturlar ijrosini tahlil qilish hamda Kengashning nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishdagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida Ekspert guruhi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, Kengash faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2