Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan fuqarolar bilan uyma-uy yurish va sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlar asosida Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida hududda elektr energiyasi kuchlanishining pastligini bartaraf etish maqsadida yangi elektr tarmog‘i tortilgani va transformatorni o‘rnatish uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgani, biroq transformator belgilangan joyga o‘rnatilmaganligi sababli yangi tarmoq hanuzgacha ishga tushirilmagani aniqlandi.

Shuningdek, yangi tarmoq foydalanishga topshirilmaganligi sababli fuqarolar elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan 100–200 metr masofadagi mavjud elektr tarmoqlaridan uylariga sim tortishga majbur bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.

Deputatlik so‘rovida transformatorni belgilangan joyga o‘rnatish, yangi elektr tarmog‘ini ishga tushirish, aholini yangi tarmoqqa ulash hamda mazkur ishlarning yakunlanish muddatlari yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, fuqarolar murojaatlarining ijobiy hal etilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3