Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga javob olindi

Deputatlik so‘roviga javob olindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan 2026-yil 30-iyun kuni tuman hokimi o‘rinbosari nomiga Gulbahor mahallasi Oydin hayot ko‘chasida elektr ta’minotidagi uzilishlar hamda kuchlanishning pasayishi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi.

Javob xatida qayd etilishicha, tuman Elektr ta’minoti mutaxassislari tomonidan hudud joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish natijasida Gulbahor mahallasining Oydin hayot ko‘chasi va boshqa ko‘chalarida aholi sonining ortishi hamda elektr energiyasi iste’molining ko‘payishi sababli tarmoqda kuchlanish pasayishi kuzatilayotgani aniqlangan.

Shuningdek, mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida transformator punktlarini yangilash, katta quvvatlisiga almashtirish, qo‘shimcha transformator o‘rnatish hamda elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari moliyaviy mablag‘lar ajratilishi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, mazkur hudud 2026-yilda Termiz tumani mahallalarida taqsimlash elektr tarmoqlarini yangilash dasturining manzilli ro‘yxatiga kiritilgani ma’lum qilindi.

Mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratida bo‘lib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2