Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJ Termiz tuman bo‘limi rahbari M. Odinayevning Termiz tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ichimlik suvi ta’minotining bugungi holati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.

Hisobot davomida tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangi ichimlik suvi inshootlarini barpo etish hamda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, sohani yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib berish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3