Tomorqa – oila farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligining muhim manbai
O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan. Mazkur Qonun 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-681-son bilan qabul qilingan.
Qonunning asosiy maqsadi tomorqa xo‘jaliklarini yuritish, ularni rivojlantirish hamda fuqarolarning tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishini huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat. Tomorqa xo‘jaliklari orqali aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi, qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi oshiriladi.
🌿 Tomorqadan unumli foydalanish – oila farovonligi va yurt taraqqiyotiga xizmat qiladi!