Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun – fuqarolar huquqlari va davlat kafolatlari

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun – fuqarolar huquqlari va davlat kafolatlari

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish, tibbiy yordam olish huquqlarini kafolatlash hamda sog‘liqni saqlash tizimini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi.

Ushbu Qonunga muvofiq:

♾ Fuqarolar yoshi, jinsi, millati, dini va ijtimoiy holatidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash huquqiga ega
♾ Davlat barcha fuqarolar uchun teng va kafolatlangan tibbiy yordamni ta’minlaydi
♾ Birlamchi, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordam olish huquqi qonun bilan kafolatlanadi
♾ Bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun alohida imtiyozlar belgilangan
♾ Bemorning huquqlari, shifokor tanlash, tibbiy ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan himoyalanadi
♾ Fuqarolar o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risida to‘liq axborot olish va tibbiy aralashuvni rad etish huquqiga ega
Shuningdek, qonunda sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish, tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash, sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari aniq belgilangan.

Eng muhim jihati – fuqarolar sog‘lig‘iga yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgarlik va kompensatsiya tartibi qonun bilan kafolatlanadi.

Mazkur qonun fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy xizmat sifati va inson salomatligini himoya qilishga xizmat qiladi.