Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Davlat soliq inspeksiyasi faoliyati o‘rganildi

Davlat soliq inspeksiyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritiladigan masala yuzasidan Termiz tuman davlat soliq inspeksiyasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida inspeksiyada soliq ma’murchiligini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan atroflicha tanishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-son Qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha inspeksiya xodimlari bilan savol-javob tarzida muloqot o‘tkazildi. Unda qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, xodimlarning huquq va majburiyatlari, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida qonunchilik hujjatlari ijrosini yanada samarali tashkil etish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3