Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
“YANGIBOG’” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yunusobod tuman partiya tashkiloti raisi hamkorligida “Yangobog’” mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, aholining kundalik hayotiga ta’sir etayotgan muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅ “Yangobog’” mahallasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3