Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Kotib

Joylardagi turli muammolarni o‘rganib, hal etish, fuqarolar dardiga quloq tutish, mansabdor shaxslarning o‘z faoliyatini samarali olib borishiga hissa qo‘shish xalq vakillarining muhim vazifalaridandir. Bunda ular o‘zlariga berilgan vakolat va imkoniyatlar doirasida jamoatchilik va deputatlik nazorati institutlaridan samarali foydalanishlari lozim. Shundagina hududlarda muayyan natijalarga erishish mumkin.

O'zbekiston "Ekologik" partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi “Asaka” okrugi deputati Ravshan Umarov tomonidan okrugda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Asaka”, “Mirzakalon Ismoiliy” va “Xamid Olimjon” mahallalari fuqarolaridan ushbu mahalallar hududidagi piyodalar yo‘lagi belgilaridagi ranglar qisqa vaqt davomida ko‘rimsiz holatga kelib qolishi yuzasidan murojaatlar kelib tushayotganligi sababli Toshkent shahar IIBB YHXB deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

So‘rovda fuqarolarning xavfsizligi, doimiy ravishda ushbu yo‘laklarni qaytatdan chizdirish hamda yo‘laklarni chizishga ketgan ovoragarchilik va mablag‘lar sarflanishini oldini olish maqsadida, piyodalar yo‘laklaridagi rangli belgilarni sifatli va uzoq muddatga xizmat qilishiga mo‘ljallangan bo‘yoqlarni qo‘llash hamda xar tomonlama ushbu yo‘laklar hozirgi zamon talablariga mos keladigan ko‘rinishda bo‘lishi haqida so‘ralgan edi.

Mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan deputat so‘rovi asosida avvalgi qisqa vaqt davrida rangsiz holga kelib qolgan piyodalar yo‘lakchasi qaytatdan ta’mirlandi.

Slide 1 of 4