Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Y.Jo'rayev va N.Turdiyev, tuman Irrigatsiya bo'limi boshlig'i o'rinbosari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Oqoltin tumani "M.Ulug'bek" hududida joylashgan "Chap tarmoq-5-7" sug'orish tarmog'ida joyiga chiqib o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida mazkur sug'orish tarmog'ining bugungi texnik holati, mavjud muammolar, suv o'tkazish quvvati hamda tarmoqni rekonstruksiya qilish zarurati atroflicha ko'zdan kechirildi. Shuningdek, rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgandan so'ng sug'oriladigan ekin maydonlarini barqaror suv bilan ta'minlash va suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Slide 1 of 5