Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Shahar IIB boshlig‘ining 2026-yil birinchi yarim yilligida shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti” yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori M.Eshonxo‘jayev ishtirok etib, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, mahalla hududiga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining ishchi holati, ularning qamrov darajasi va samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud kuzatuv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2