Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Deputat 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan “Buloqboshi” saylov okrugiga qarashli “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hisobot axboroti taqdim etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida A.Nosirov tomonidan deputat X.Nazarovaning 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan faoliyati, xususan, saylov okrugida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, o‘rganishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar hamda tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalliy Kengash deputatining qonunchilikda belgilangan vakolat va majburiyatlari, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda deputat va mas’ul tashkilotlar hamkorligida amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4