Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
MUSIQA VA SAN’ATGA E’TIBOR – YOSH AVLOD KELAJAGIGA E’TIBOR

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida yosh avlodning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularning estetik didi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, musiqa hamda san’at sohasidagi ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kengashining III-22-64-14-204-K/26 son qaroriga muvofiq, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida mahalliy budjet mablag‘lari ajratildi.

Jumladan:

- 15-son bolalar musiqa va san’at maktabi uchun 736,5 mln so‘m;
- Usta-Olim Komilov nomidagi 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi uchun 700,5 mln so‘m;
- Jalilov nomidagi 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi uchun 535,1 mln so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Mazkur mablag‘lar ta’lim muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Yoshlarning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash hamda madaniyat va san’atga oshno avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi bunday amaliy chora-tadbirlar kelajak taraqqiyotiga qaratilgan muhim investitsiya hisoblanadi.

Slide 1 of 1