Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Shaxmat – tafakkur va intellekt maydoni

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R.Bozorova tashabbusi bilan tumandagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
📌Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida intellektual sport turlarini keng targ‘ib qilish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
📌Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, ishtirokchilar o‘zlarining bilim, zehn va strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Hakamlar tomonidan har bir o‘yin adolatli baholanib, yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar g‘olib deb topildi.
📌Tadbir davomida shaxmat nafaqat sport turi, balki yoshlarda sabr-toqat, intizom, mustaqil qaror qabul qilish va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi muhim vosita ekani alohida ta’kidlandi.
📌Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Bunday intellektual musobaqalarni muntazam tashkil etish yosh avlodning bilimli, salohiyatli va raqobatbardosh shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6