Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
1-son texnikumda tikuvchilik yo‘nalishidagi amaliy mashg‘ulotlar o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri
#24_ta_masala

1-son texnikumda tikuvchilik yo‘nalishidagi amaliy mashg‘ulotlar o‘rganildi

⌛Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumani 1-son texnikumida tikuvchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

⌛Tashrif davomida o‘quvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida tikilayotgan tayyor mahsulotlar ko‘zdan kechirilib, ularning sifati, dizayni hamda zamonaviy bozor talablariga mosligi o‘rganildi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis etib tayyorlash borasida texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

⌛Muloqot jarayonida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, tanlagan kasbining istiqbollari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari hamda kasbiy mahoratni muntazam oshirib borishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

⌛Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning amaliy bilim va malakalarini mustahkamlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube