Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Fuqaro murojaati yuzasidan amaliy yordam masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adxamov tomonidan Kengash kotibiyatiga murojaat qilgan fuqaro 50-"Zilol" mahalla fuqarolar yig‘ini, A.T.Xuqandiy mavzesi, 50-uy, 16-xonadonda yashovchi Matqosimova Ergashoyning xonadonini ta’mirlash masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning murojaati "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayev bilan birgalikda muhokama qilinib, unga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Shuningdek, J.Mirzayev tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori ijrosi doirasida joriy yilda shaharda 42 ta xonadonda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, birinchi bosqichda 33 ta, ikkinchi bosqichda esa 9 ta xonadonda ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 26 ta xonadonda ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samarali tashkil etilishi, ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda murojaatlarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3