Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi A. Qo‘zimuratov hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazning bugungi faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondining boyitilishi, elektron xizmatlar sifati hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, markazning moddiy-texnik bazasi, kitob fondini muntazam yangilab borish, kitobxonlar sonini oshirish va axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar va takliflar berildi.

Mahalliy Kengash tomonidan ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini deputatlik nazorati asosida o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4