Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qahharova tomonidan "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi U.Kenjaboyev faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim U.Kenjaboyev tomonidan qonun talablarining amaliy ijrosi, ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 5 ta oilaga 9 mln so‘mlik dori-darmon, 31 ta oilaga 21 mln 412 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari hamda 21 ta oilaga 18 mln 775 ming so‘mlik kiyim-kechak yetkazib berilgani qayd etildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish, sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi hamda qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3