Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari X.Abdullayev hamda A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Qabul davomida "Zilol" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi hamda onasi bilan A.T.Xuqandiy mavzesi, 50-uy, 16-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Matqosimova Ergashoyning murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatda fuqaro Qo‘qon shahar "Obodonlashtirish" boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotganligi, bugungi kunda yashab turgan xonadoni ta’mirtalab holatda ekanligi sababli uy-joyini ta’mirlash masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayev hamda hudud deputati Sh.Xasanova bilan hamkorlikda fuqaroning yashash sharoiti joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3