Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Qiziriq tumani Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi rahbari Y.Umbarov bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 2-iyul kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida e’tirof etilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarining XII-bandi – "Ta’lim va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish" bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida "Rabotak" mahallasida joylashgan 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida joriy yilning 1-iyun holatiga bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy-texnik baza hamda ovqatlantirish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim bilan qamrovni yanada oshirish, ta’lim sifati va xizmat ko‘rsatish samaradorligini yuksaltirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda Senat Kengashining sayyor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 8