Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Tinchlikobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi

Tinchlikobod mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori hamda 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni ijrosi yuzasidan Tinchlikobod mahallasida hududdagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 Unda mahalla profilaktika inspektori, katta leytenant Alisher Abdullayev, "mahalla yettiligi", xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa "qizil" va "sariq" toifadagi hududlarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📇 Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati ham o‘rganilib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati muhokama qilindi. Mahallada Ijtimoiy himoya reyestrida 71 nafar fuqaro ro‘yxatga olingani, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy nafaqa, moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish holati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📝 O‘rganishlar davomida mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar muammolarini mahalla darajasida tezkor hal etish, hududda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5