Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalar tahlil qilindi

Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalar tahlil qilindi

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan Kengash huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri M.Turopova hamda bosh mutaxassisi N.Abraxmatovlar ishtirokida atroflicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔹 O‘rganishlar davomida kun tartibiga taklif etilayotgan har bir masalaning huquqiy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, amaliy natijalari hamda kutilgan samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, sohalar kesimida mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot va tahliliy materiallar ko‘rib chiqilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Ekspert guruhi muhokamalari yakunlariga ko‘ra, sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tayyor ekani qayd etildi. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qaror loyihalari yanada takomillashtirilib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.