Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Kengash raisi, deputatlar, kotibiyat mudiri va ekspert guruhi joylarda:

Kengash raisi, deputatlar, kotibiyat mudiri va ekspert guruhi joylarda: Uzun tumanida yoshlarning yozgi ta’tili qanday tashkil etilmoqda?

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Ushbu masala shunchaki qog‘ozda qolib ketmasligi, balki amalda qanday bajarilayotganini tekshirish maqsadida keng ko‘lamli o‘rganishlar o‘tkazildi.

Xalq deputatlari tuman kengashi raisi, deputatlari, kotibiyat mudiri hamda kengash qoshidagi ekspert guruhi a’zolari tumanimizdagi mahallalar va umumta’lim maktablariga bevosita chiqib, vaziyatni tubdan o‘rgandilar.

Yozgi ta’tilda maktablarda tashkil etilgan sport, xorijiy tillar va AKT to‘garaklarining qay darajada ishlayotgani;

Ayrim hududlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor choralar.

O‘rganish natijalari, tahliliy ma’lumotlar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinadi va tegishli qaror qabul qilindi.