Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
#Deputat faoilayati

DEPUTAT VA MAHALLA YETAKCHILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI VA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI. 🗳🏘

✍🏻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 📄

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashiga 2-“Navro'z” saylov okrugidan saylangan deputat Nam Liana tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yetakchiligi”ning ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. 🤝

O‘rganish jarayonida deputat mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazib, PF–209-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, xususan, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish, aholining faolligi va mas’uliyatini oshirish, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish hamda targ‘ibot ishlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2