Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
#kengash_qarori_ijrosi_nazorati
#kengash_qarori_ijrosi_nazorati

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 26-iyundagi VII-29-73-2-208-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan shaharda yoshlarning yozgi ta'til davrini mazmunli tashkil etish hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Mazkur qaror ijrosini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Bobur MFY hududida joylashgan 9-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida tashkil etilgan sport musobaqalari va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlarning borishi joyiga chiqib o‘rganildi.

Monitoring jarayonida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport to‘garaklari va musobaqalarning tashkil etilish darajasi, ishtirokchilar faolligi hamda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas'ullarga belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, yoshlarni ommaviy sport, sog‘lom turmush tarzi va mazmunli hordiq chiqarishga keng jalb etish, shuningdek, yozgi ta'til davridagi tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta'minlash hamda ularning amaliy natijadorligi ustidan deputatlik nazorati tizimli ravishda davom ettiriladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram |Instagram|Facebook|Youtube| E-kengash
Slide 1 of 4