Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
🎙SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI.

🎙SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI.

📍O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 4-Yangi turmush saylov okrugi deputati Axmedjanova Dilbar Sharifjanovna tomonidan “Yangi turmush” mahallasida saylovchilar murojaatlari tinglandi.

Uchrashuvda "Yangi turmush" MFY yettiligi a'zolari, mahalla faollari, nuroniylar, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar ishtirok etdi

Deputatlar saylovchilar tomonidan bir nechta muammolar koʻtarildi.
Jumladan;
-mahallada yangi o'rnatilgan beton ustunlaga sip kabellar tortilmaganligi;
- Toza hudud tomonidan chiqindilar oʻz vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi;
- mahalla hududidagi 60-umumta'lim maktabida qurilish ishlari borishi to'g'risida;
-mahalla hududidagi 16-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va 50-umumtalim maktabi yonidan o'tuvchi avtomobil yo'liga avtomobil tezligini kamaytiruvchi suniy notekisliklar o'rnatish kabi muammolar tinglandi.

✅Deputatlar tomonidan koʻtarilgan muammolar atroflicha oʻrganib, tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari yuborib, koʻtarilgan muammolarni ijobiy hal etilishi taʼkidlandi.

🖥 Turli sabablarga ko‘ra saylovchilar yoki deputatlar kundalik hayotdagi tig‘iz masalalar tufayli bir birini topa olmaydigan vaqtlarda internetda E-Kengash saytida o‘z deputatiz qabuliga elektron yozilish, yoki murojaat yuborish imkoni mavjudligini eslatib o‘tdi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 6