Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Deputat fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Mahalladagi dolzarb masalalar o‘rganildi

Mahalladagi dolzarb masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U.Yangiboyev o‘zi saylangan saylov okrugidagi "Xomkon" mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, deputat mahalladagi tibbiyot punktida bo‘lib, aholini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati, dori vositalarining mavjudligi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan ichimlik suvi va issiq suv ta’minoti holati, xususan, energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahallada o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5