Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 4-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputati N.Murodova tomonidan Buloqboshi mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan monitoring tadbirlari olib borildi.
✅O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✍️Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh qizlarni kasbga yo‘naltirish hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
✅O‘rganish jarayonida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan ham tegishli ishlar ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahallada xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, himoya orderlari berilishi bilan bog‘liq masalalar hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan profilaktik ishlar holati o‘rganildi.
✅Mahalla aholisi, ayniqsa xotin-qizlar bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglandi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
✅Deputat tomonidan bunday o‘rganishlar aholining murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish hamda qonun hujjatlarining joylarda samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.