Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 16-Sho‘rob saylov okrugidan saylangan deputat Svetlana Jumayeva tumandagi “Fidokor” mahallasida bo‘lib, hududda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Jumladan, tikuvchilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Laylo Abrayevaning mehnat faoliyati o‘rganildi. U tomonidan tashkil etilgan kichik tikuvchilik sexida 5 ta zamonaviy tikuv mashinasi mavjud bo‘lib, bu yerda 6 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu esa mahallada aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va oilalar farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–327-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar xususida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘rganishlar yakunida deputat tadbirkorlar bilan doimiy muloqotda bo‘lishini, ularning faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidlab, fuqarolarning murojaatlariga doimo e’tibor qaratilishini bildirdi.

Slide 1 of 3