Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev Jarquduq mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi haqida MA’LUMOT
янв.21
Oilaviy poliklinikadagi ichimlik suvi muammosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi
#hafta_rejasi
#hafta_rejasi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov tomonidan kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar ishtirokida navbatdagi ishchi yig'ilish o‘tkazildi.

Yig'ilish davomida joriy haftada amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, kotibiyat ish rejasida nazarda tutilgan tadbirlar hamda ijro intizomini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalarini tahlil qilish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Kengash va kotibiyat faoliyati samaradorligini oshirish, belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash hamda mavjud masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig'ilish yakunida mas’ul mutaxassislarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini sifatli va o‘z muddatida ta’minlash yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash