Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
📌 Kengash doimiy komissiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini samarali tashkil etish va nazorat qilishda muhim o‘rin tutadi. Uning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
✔️ Doimiy komissiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha masalalarni o‘rganadi, tahlil qiladi va Kengash sessiyasi muhokamasiga tegishli takliflar kiritadi.
✔️ Qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish jarayonlarida faol ishtirok etadi.
✔️ Davlat organlari, korxona va tashkilotlardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash huquqiga ega.
✔️ Mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi hamda ularning faoliyati yuzasidan baholash ishlarini amalga oshiradi.
✔️ Aholi manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylarda o‘rganishlar olib boradi.
✔️ Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi.