🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova hamda Amir Temur mahallasi profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tumandagi 1-umumta’lim maktabida o‘quvchi qizlar ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari, javobgarlik masalalari hamda turli salbiy holatlardan saqlanish bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
🔹Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✅ Bunday tadbirlar yoshlarni turli yot g‘oyalar va huquqbuzarliklardan asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.