Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 6-maydagi VII-20-30-7-99-K/26-sonli qaroriga asosan, tumandagi 65 ta nomsiz ko‘chalarga rasmiy ravishda nom berildi.

🔹Mazkur qaror tuman hokimligi huzuridagi Geografik ob’yektlarga nom berish va qayta nomlash komissiyasi tomonidan kiritilgan takliflar hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining ekspertiza xulosasi asosida qabul qilindi.

🔹Ta’kidlash joizki, ko‘chalarni nomlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy amal qilindi. Shuningdek, Kadastr agentligining 2026-yil 19-martdagi 03/08-2830-sonli xati ham huquqiy asos sifatida xizmat qildi.

🔹Mazkur qaror aholi yashash manzillarini aniq belgilash, hududlarda manzillar tizimini tartibga solish, kommunal va pochta xizmatlari sifatini oshirish hamda navigatsiya tizimlarida qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7