Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati B.Ergasheva hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrifda muassasaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy jihoz va dori-darmon taʼminoti, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan birinchi tibbiy xizmatlar sifati oʻrganildi. Ambulator qabul jarayonlari, patronaj xizmati, profilaktik koʻriklar va kasalliklarning oldini olish boʻyicha ishlar holati koʻzdan kechirildi.

Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, mehnat sharoitlari, muammolar, ayniqsa kadrlar yetishmovchiligi va zarur jihozlar ehtiyoji muhokama qilindi. Fuqarolar bilan suhbatlashilib, tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan fikr va mulohazalar oʻrganildi.

Bu masalalar nazoratga olinib, ularning ijrosi boʻyicha monitoring olib borilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 3