Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»

«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»

Bugun «Yangio‘rtabog‘» mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul fuqarolarning muammolarini tizimli hal etishda yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi. Mazkur tadbirda tuman hokimi G.Sultanov nafaqat ijro hokimiyati rahbari, balki ushbu hududdan saylangan deputat sifatida ham ishtirok etdi. Muloqot davomida aholi tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi: 

🔹 Ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish; 

🔹 Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash (transformator va simyog‘ochlar masalasi); 

🔹 Ijtimoiy yordam va bandlik; 

✅ Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Maqsad — xalq roziligiga erishish va mahallalardagi muammolarni tizimli hal etish!

Slide 1 of 3