Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
Mahallalarda ijtimoiy masalalar muhokama qilindi

Mahallalarda ijtimoiy masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov Yo‘ldashbek Qo‘shchinor hamda Registon mahallalari fuqarolari ishtirokida muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida hududdagi ishsizlik muammolari, xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek, oilalarda ajrimlarning oldini olish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan o‘rganilib, ularni tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 3