Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvaliyeva tomonidan Navro‘z mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari atroflicha tinglandi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, bandlik masalalari hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan ko‘plab taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rish belgilab olindi.

Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, murakkabroq muammolar yuzasidan mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning dard-u tashvishlarini eshitish va amaliy yordam ko‘rsatish deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 2