Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna o‘zi saylangan hududdagi “Quruqsoy” mahallasida bo‘lib, mahallada “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, hokim yordamchisi O.Mahmudov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi. O‘rganish jarayonida “Quruqsoy” MFYda 2025–2026-yillar davomida doimiy ishga 17 nafar fuqaro joylashtirilgani, o‘zini o‘zi band qilish
bo‘yicha 300 nafar fuqaroga ko‘maklashilgani, 14 nafar fuqaro kasb-hunarga yo‘naltirilgani aniqlandi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun 25 ta oilaga imtiyozli kredit ajratilgani hamda boshqa yo‘nalishlarda 7 nafar fuqaroga zarur amaliy yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur ishlar hududda aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi. 

Slide 1 of 3