Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

SESSIYA KUN TARTIBIDA      

O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha 2026-yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani prokurorining axboroti to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida. 

 Tuman moliya organi rahbarining mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risida, shuningdek tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy budjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risidagi hisobotin to‘g‘risida.

 O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 93-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026 yil 23 apreldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1465-sonli qarori asosida xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashiga bo‘shab qolgan “8-Paxtaobod” saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash to‘g‘risida. 

 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining 2025 yil 25-martidagi “Bo‘shab qolgan o‘rinlar”ga mahalliy Kengash deputatlarining sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tasdiqlash haqidagi 1433-sonli qarori asosida xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining “8-Paxtaobod” saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini tasdiqlash to‘g‘risida. 

Qumqo‘rg‘on tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2026-yilda davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘larni sarflanishi bo‘yicha va Qumqo‘rg‘on tumanidan tanlab olingan "Og‘ir" mahallalarni 2026-yilda ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlari hamda Qumqo‘rg‘on tumanida "Zarbdor" tajribasi asosida shakllantirilgan 3-bosqich "Drayver" loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Qumqo‘rg‘on tumanida 2026 yil davomida gavjum ko‘chalar, sohilbo‘yi va yo‘lbo‘yi infratuzilma loyihalarini amlga oshirish hamda turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash obektlarining manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9