Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Kengash qarori bilan Nurobod tumanidagi 65 ta ko‘chalarga nom berildi
янв.21
Xalqobod mahallasida piyodalar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Buloqboshi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi
янв.21
Nurobodda ta’lim sifati va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoitlar o‘rganildi
Deputat tomonidan hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan Lalmikor mahallasi hokim yordamchisining 1-chorak yakuni bo'yicha o'rganish olib borildi.

Jumladan, Lalmikor mahallasida yashovchi fuqaro G. Rahmonovaga mahalla hokim yordamchisi ko‘magida 20 million so'm imtiyozli kredit ajratilganligi aniqlandi. Mazkur mablag‘dan samarali foydalanish natijasida fuqaro Farg‘ona viloyatidan 100 dona parranda xarid qilgan.

Hozirda parrandalarning asosiy qismi tuxum berish jarayonida bo‘lib, bu esa oila daromadini oshirishga, turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar hududda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir ijobiy natijasi hisoblanadi.

Slide 1 of 3